Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Shveytsariyaning AquaTECH kompaniyasi Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi

Shveytsariyaning AquaTECH kompaniyasi Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi

Shveytsariyaning AquaTECH kompaniyasi Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 4 dekabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi masʼullari Shveytsariyaning “AquaTECH” kompaniyasi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda agentlik vakili O‘zbekistonda kosmetika industriyasini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot qilib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi, investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va eksport salohiyati haqida maʼlumot berdi.

“AquaTECH” kompaniyasi 35 ta davlatda hamkorlik aloqalariga ega ekani maʼlum qilindi. Kompaniya O‘zbekiston korxonalari bilan kontrakt asosida ishlab chiqarish yo‘nalishida hamkorlik qilish istagini bildirdi.

Tomonlar bunday sheriklik lokal ishlab chiqarishni kengaytirish, qo‘shma mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish va ikki tomon uchun yangi imkoniyatlar ochishini taʼkidladilar.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston mintaqalarida uchraydigan shifobaxsh va industrial ahamiyatga ega o‘simliklar kosmetika vositalari ishlab chiqarish uchun muhim xomashyo manbai ekanligi qayd etildi. Bu resurslar mamlakatda kosmetika industriyasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi alohida taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling