Shvetsiya Riksdagi “Shimoliy Yevropa -O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Shvetsiya Riksdagi “Shimoliy Yevropa -O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 18 noyabr kuni Istanbul shahrida YEXHT Parlament assambleyasi yillik yig‘ilishi doirasida Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov Shvetsiya Riksdagi “Shimoliy Yevropa–O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Byorn Syoder bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Shvetsiya bilan parlamentlararo aloqalari, qonunchilik, savdo-iqtisodiy, turizm, IT, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik faollashib borayotganligi, jumladan, Oliy Majlis palatalari vakillarining Shvetsiyaga tashriflari muntazam tashkil etilayotganligi, 2025 yilda Shvetsiya parlamenti Spikeri o‘rinbosari Yuliy Kronlidning O‘zbekistonga tashrifi samarali o‘tkazilgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat parlamentlari qo‘mitalari o‘rtasida Barqaror rivojlanish maqsadlarini ta’minlash, gender, ijtimoiy himoya sohalarida, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shartnomalar bazasini kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari va hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.