Shuhratjon Nabiyev “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
Shuhratjon Nabiyev “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi So'g'd viloyati "Nuri Niyogon" shashmaqom ansambli direktori Shuhratjon Nabiyevni "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlash to'g'risidagi farmonni imzoladi.
Ushbu yuksak davlat mukofotiga u O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi, shuningdek ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklik anʼanalarini kengaytirishdagi xizmatlari uchun sazovor bo‘ldi.
Hujjatda Nabiyevning madaniy-gumanitar sohadagi xizmatlari, uning ko‘p yillik ijodiy faoliyati va maqom sanʼatini saqlash hamda ommalashtirishdagi faol ishtiroki alohida taʼkidlangan. Shuningdek, uning o‘zbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi qayd etilgan.
Bundan tashqari, farmonda ikki xalqni birlashtiruvchi umumiy qadriyatlar va anʼanalarni saqlash va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati ham alohida eʼtirof etilgan.