Shomurodov Turkiya chempionatida “Bashakshexir” tarkibida ikkinchi golini urdi (video)

Shomurodov Turkiya chempionatida “Bashakshexir” tarkibida ikkinchi golini urdi (video)

Shomurodov Turkiya chempionatida “Bashakshexir” tarkibida ikkinchi golini urdi (video)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi forvardi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatidagi samarali o‘yinini davom ettirmoqda. Superliganing «Istanbul Bashakshexir» va “Alanyaspor” jamoalari o‘rtasidagi bahsida u hisobni ochib, joriy mavsumdagi ikkinchi golini urdi.

Mezbonlar safida asosiy tarkibda maydonga tushgan Shomurodov birinchi bo‘limning 29-daqiqasida aniq zarba yo‘llab, o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. 29 yoshli forvard uchun bu “Bashakshexir”ga o‘tganidan keyingi Turkiya chempionatidagi ikkinchi gol bo‘ldi. Biroq mezbonlarning ustunligi uzoqqa cho‘zilmadi: 51-daqiqada “Alanyaspor” hujumchisi Uchenno Ogudu hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda “Bashakshexir” murabbiylar shtabi o‘rta chiziqni kuchaytirish uchun O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevni maydonga tushirdi. U 62-daqiqada zaxiradan maydonga kirdi.

Besh turdan so‘ng Istanbul klubi olti ochko to‘plab, Turkiya Superligasida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling