Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.

Bayonotda qayd etilishicha, assotsiatsiyada unga mamlakat media sohasini rivojlantirishga qaratilgan samarali faoliyati, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek so‘z erkinligini taʼminlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirilgan.

Boshqaruvning yangi raisi etib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi aʼzosi Odiljon Tojiyev tayinlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling