Valyuta kurslari 10/02/2026
$1 – 12320.34
UZS – 0,14%
€1 – 14614.39
UZS – 0,73%
₽1 – 159.36
UZS – -0,25%
Qidirish
Sherzodxon Ibragimov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Sherzodxon Ibragimov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Sherzodxon Ibragimov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sherzodxon Rustamovich Ibragimov— O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

U raqamlashtirish va “Biznes hamroh” markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, Palata aʼzolari bilan ishlash va xizmat ko‘rsatish, biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda savdoni rivojlantirish yo‘nalishlariga masʼul etib belgilandi.

Sh.Ibragimov 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2008 yilda Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universitetini, 2014 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida “Ipak yo‘li” OAITB hamda “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyatida bank-moliya sohasida turli lavozimlarda ishlagan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling