Valyuta kurslari 20/08/2025
$1 – 12524.92
UZS – 0,22%
€1 – 14630.36
UZS – 0,22%
₽1 – 155.96
UZS – 0,16%
Qidirish
Sport 20/08/2025 Sherzod Poyonov – yoshlar o‘rtasidagi erkin kurash bo‘yicha jahon chempioni

Sherzod Poyonov – yoshlar o‘rtasidagi erkin kurash bo‘yicha jahon chempioni

(surat: United World Wrestling)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda Bolgariyaning Samokov shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashi bo‘yicha yoshlar (U20) jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga ega bo‘ldi.

Eng yuqori natijaga erkin kurashchi Sherzod Poyonov erishdi. U 92 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etdi, jumladan, Gretsiya, Yaponiya, Kanada hamda neytral maqomda qatnashgan Rossiya sportchilarini ortida qoldirdi.

Final bellashuvida o‘zbek sportchisi yorqin va qatʼiy kurash namoyish etib, Qozog‘istonlik Komil Kurugliyevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling