Valyuta kurslari 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0,29%
€1 – 14357.09
UZS – 0,27%
₽1 – 157.45
UZS – -0,16%
Qidirish
Shavkat Mirziyoyev Oyatulloh Ali Xomanaiy vafoti munosabati bilan Masʼud Pezeshkiyonga taʼziya izhor etdi

Shavkat Mirziyoyev Oyatulloh Ali Xomanaiy vafoti munosabati bilan Masʼud Pezeshkiyonga taʼziya izhor etdi

Shavkat Mirziyoyev Oyatulloh Ali Xomanaiy vafoti munosabati bilan Masʼud Pezeshkiyonga taʼziya izhor etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkiyonga mamlakatning oliy diniy rahbari — Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti haqidagi xabar munosabati bilan taʼziya yo‘lladi. Maktub matni 2 mart kuni Eronning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan eʼlon qilindi.

Murojaatda Eronning oliy diniy rahbari hamda uning oila aʼzolari vafoti haqidagi qayg‘uli xabar «yuraklarimizni chuqur qayg‘uga solgani» taʼkidlanadi. O‘zbekiston Prezidenti ko‘p yillik faoliyati davomida Oyatulloh Xomanaiy Eron davlatchiligini mustahkamlash, jamiyat barqarorligini taʼminlash va milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga salmoqli hissa qo‘shganini qayd etdi.

Shuningdek, diniy rahbarning ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi o‘rni alohida taʼkidlanadi. «O‘zbekiston va Eron o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan inson sifatida u haqidagi yorug‘ xotira qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi», — deyiladi maktubda.

Shavkat Mirziyoyev murojaat yakunida Eron Prezidentiga va do‘stona eron xalqiga chin dildan taʼziya izhor etib, ushbu motamli va og‘ir kunlarda hamdardlik bildirdi.

Tarqatilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 86 yoshda bo‘lgan Oyatulloh Ali Xomanaiy 1989 yildan buyon Eronning oliy rahbari lavozimini egallab kelgan, 1981–1989 yillarda esa mamlakat Prezidenti bo‘lgan.

Maʼlum qilinishicha, u 28 fevral kuni AQSH va Isroil zarbalari natijasida halok bo‘lgan, ushbu maʼlumotlar Eron diplomatik missiyasi tomonidan oshkor etilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling