Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo Davlatlari Hamjamiyatini tuzishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo Davlatlari Hamjamiyatini tuzishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo Davlatlari Hamjamiyatini tuzishni taklif qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining 7-maslahat uchrashuvida mintaqa rahbarlari Ozarbayjon Respublikasining ushbu uchrashuv formatiga to'liq ishtirokchi sifatida qo'shilishini bir ovozdan qo'llab-quvvatladilar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu qadam hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishini, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasida hamkorlikning yagona makonini shakllantirishini taʼkidladi.

Prezidentimiz oʻz nutqida mintaqani yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlariga to‘xtalib oʻtdi:

Mintaqaviy integratsiyaning yangi bosqichi.

Qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo muloqotning maslahat shaklidan chinakam hamkorlik bosqichiga o'tdi: hududiy masalalar tartibga solindi, chegaralar ochildi, energetika, transport va savdo sohalarida hamkorlik o'rnatildi. O'zaro savdo 10,7 milliard dollarga yetib, investitsiyalar 17 foizga o'sdi.

Institutsional arxitekturani mustahkamlash.

Uchrashuvlar formatini “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik platformasiga aylantirish, Kotibiyatni taʼsis etish, Oqsoqollar kengashini tuzish, milliy muvofiqlashtiruvchilar maqomini ko‘tarish taklif etildi.

Iqtisodiyot va investitsiyalar.

Mintaqa davlatlari o‘zaro savdo hajmini 1,5–2 baravar oshirish imkoniyatiga ega. Prezident quyidagilarni taklif qildi:

– 2035-yilgacha bo‘lgan Savdo-iqtisodiy hamkorlikning mintaqaviy dasturini qabul qilish;

– Yagona investitsiya makoni to‘g‘risidagi Deklaratsiyani ishlab chiqish;

– elektron tijoratni birgalikda rivojlantirishni ilgari surish.

Infratuzilma va transport.

Oʻzbekiston "Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston" temir yoʻli, Transafgʻon yoʻlagi va Transkaspiy yoʻnalishlarini kengaytirish kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda mintaqa davlatlarini birgalikda harakat qilishga chaqirdi. Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha Kengashni tuzish taklif qilindi.

Xavfsizlik va Afg‘oniston.

Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi va Tahdidlar va xavflar katalogi tasdiqlash uchun taqdim etildi. Prezident Afg‘onistonni mintaqaviy energetika va transport loyihalariga integratsiyasi muhimligini ta’kidladi hamda “Farg‘ona tinchlik forumi”ni muntazam o‘tkaziladigan xalqaro anjumanga aylantirishni taklif qildi.

Iqlim va suv.

O‘zbekiston 2026-2036-yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb eʼlon qilishni, shuningdek, Suv xo‘jaligi sohasida kompetensiyalar mintaqaviy markazini tashkil etishni taklif qildi.

Gumanitar soha.

Ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish qo‘llab-quvvatlandi. Prezident har yili maʼnaviy meros va maʼrifatparvarlik g‘oyalariga bag‘ishlangan Xalqaro kongressni o‘tkazishni, Mintaqaviy ilmiy tadqiqotlar jamg‘armasini tuzish hamda mintaqamiz olim va mutafakkirlarining global rivojlanishga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan BMTning maxsus rezolyutsiyasini ilgari surishni taklif qildi.

Prezidentimiz nutqini asosiy fikr bilan yakunladi: "Bizning kuchimiz – birlikda, muvaffaqiyat sari yo‘limiz – do‘stlik va hamkorlikda".

Oʻzbekiston Turkmanistonni yangi – “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon” formatida o‘tadigan davlatlar rahbarlarining Maslahat uchrashuvida raislikni qabul qilib olgani bilan tabrikladi va bo‘lajak mezbonlik qilish davridagi saʼy-harakatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling