Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Shavkat Mirziyoyev Italiya bilan investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha kelishuvni maʼqulladi

Shavkat Mirziyoyev Italiya bilan investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha kelishuvni maʼqulladi

Shavkat Mirziyoyev Italiya bilan investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha kelishuvni maʼqulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Hukumati bilan Italiya Hukumati o‘rtasida imzolangan Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur hujjat 2025 yil 29 may kuni Samarqand shahrida Italiya Bosh vaziri Jorjiya Melonining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan edi.

Bitim kuchga kirgandan so‘ng, uning shartlarining bajarilishi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga yuklatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling