Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Shavkat Mirziyoyev Guychjou viloyatidagi fojia munosabati bilan Xitoyga hamdardlik bildirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga 4 may kuni Guychjou viloyatida ro‘y bergan fojia munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi, u yerda kutilmaganda yuz bergan kuchli shamol to‘rtta turistik qayiqni ag‘darib yuborgan.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur taʼziya va hamdardlik bildirdi, jabrlanuvchilarga esa tezroq shifo topishini tiladi.
“Sinxua” agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan paytda qayiqlarda 84 kishi bo‘lgan. Natijada, 10 kishi halok bo‘lgan, 70 dan ortiq odam shifoxonalarga yetkazilgan.