Shartli ravishda ozod qilinganlarni kuzatish to'g'risidagi qonun loyihasi qayta ko'rib chiqish uchun qaytarildi
Shartli ravishda ozod qilinganlarni kuzatish to'g'risidagi qonun loyihasi qayta ko'rib chiqish uchun qaytarildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslari hamda “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslar ustidan probatsiya nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy tartiblari belgilab qo‘yilmoqda.
Xususan, sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan shaxslarga nisbatan shartli ozod qilishni bekor qilish va ularni jazoni o‘tash uchun yuborish, yoki qo‘shimcha majburiyatlar yuklash tartiblari belgilanmoqda.
Shu bilan birga, o‘z zimmasidagi majburiyatlarni mas’uliyat bilan bajarib kelayotgan shaxslarga nisbatan ushbu majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bekor qilish bo‘yicha sudga taqdimnoma kiritish imkoniyati ham nazarda tutilmoqda.
Majlisda deputatlar tomonidan loyiha yuzasidan ayrim e’tirozlar bildirildi. Undagi ayrim moddalarni qayta ishlash va maromiga yetkazish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Qonun loyihasi mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.