Valyuta kurslari 27/03/2026
$1 – 12179.87
UZS – 0,07%
€1 – 14079.93
UZS – -0,27%
₽1 – 148.52
UZS – -0,85%
Qidirish
“Sharq Tubes” MCE 2026 xalqaro ko‘rgazmasida 5 mln dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi

“Sharq Tubes” MCE 2026 xalqaro ko‘rgazmasida 5 mln dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi

“Sharq Tubes” MCE 2026 xalqaro ko‘rgazmasida 5 mln dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Sharq Tubes” korxonasi Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilgan Mostra Convegno Expocomfort (MCE) 2026 xalqaro ko‘rgazmasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, eksport shartnomalarini imzoladi.

Korxona ko‘rgazma doirasida misdan tayyorlangan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar — mis quvurlar va fitinglarni namoyish etdi.

Kompaniya vakillari tomonidan qator xalqaro kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazilib, mahsulotlarning texnik parametrlari, ishlab chiqarish quvvatlari va sifat standartlari bo‘yicha batafsil taqdimotlar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida Yevropa va boshqa mintaqalardagi hamkorlar bilan umumiy qiymati 5 million dollarga teng eksport shartnomalari imzolandi.

Mazkur natija korxonaning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqlab, eksport geografiyasini kengaytirish hamda yangi bozor segmentlariga kirib borish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling