Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Shanghai Electric kompaniyasi O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish niyatida
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 20 oktyabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida Xitoyning Shanghai Electric Group Co., Ltd kompaniyasi raisi janob Vu Ley boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar energetika sohasidagi o‘zaro hamkorlikning muvaffaqiyatli rivojlanayotganini taʼkidlab o‘tishdi, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi hamda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.