Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 28/06/2025 Shandong Oubiao va Farg‘ona suv resurslarini boshqarishning raqamli transformatsiyasi bo‘yicha kelishib oldilar

Shandong Oubiao va Farg‘ona suv resurslarini boshqarishning raqamli transformatsiyasi bo‘yicha kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘onada qishloq xo‘jaligida suvni boshqarishda “aqlli” texnologiyalarga asoslangan kompleks tizim joriy etiladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Shandong Oubiao Information Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda joriy yil aprel oyida viloyat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida qishloq xo‘jaligida suv resurslarini boshqarishda “aqlli” texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. Muzokaralar davomida suv xo‘jaligini raqamli boshqarish, qishloq xo‘jaligi uchun innovatsion texnologiyalar va zamonaviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, zarur uskunalarni ishlab chiqarishdan tortib, suvni maqsadli va samarali taqsimlashga xizmat qiluvchi kompleks tizimni joriy etish, bu jarayonga ilm bilan yondashib, tajribali Xitoyning ilg‘or kompaniyalarini jalb qilish haqida so‘z bordi. Viloyat rahbari mazkur loyiha suvdan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Shu bois, uni amalga oshirish ishlarini jadallashtirish zarurligini aytib, bildirilgan takliflarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini maʼlum qildi. Uchrashuv yakunida loyihani amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling