Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Seulda O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi

Seulda O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi

Seulda O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 4-dekabr kuni Seul shahrida Koreya Respublikasi Taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida O‘zbekiston va Koreya oliygohlari rektorlarining ikkinchi forumi tashkil etildi.

Anjumanda ikki davlat taʼlim vazirliklari mutasaddilari, oliy taʼlim muassasalari assotsiatsiyalari vakillari, shuningdek, 25 dan ortiq yetakchi universitet rektorlari va delegatsiyalari ishtirok etdi.

Tadbir Koreya Respublikasi Taʼlim vaziri oʻrinbosari Pak Son Min, Adju Universiteti prezidenti Hyungju Park, Koreya universitetlar kengashi raisi Yan O Bon, Oʻzbekistonning Koreyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Abdusalomov, Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulovning kirish soʻzlari bilan ochildi.

Panel sessiyalarida Oʻzbekiston va Koreyaning yetakchi OTM rahbarlari taqdimotlar bilan qatnashib, oliy taʼlimni rivojlantirish, sunʼiy intellekt boʻyicha kadrlar tayyorlash, qoʻshma taʼlim dasturlari yaratish va ilmiy tadqiqotlar yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar. Yakunda ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilib, bir qator yangi tashabbuslar boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Forum natijasida 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari, kelishuv va bitimlar imzolandi.

Mazkur forum Oʻzbekiston Respublikasi  va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi oliy taʼlim, ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, sunʼiy intellekt yoʻnalishida ilgʻor tajribalarni joriy etish va global kadrlar tayyorlashda muhim platforma boʻlib xizmat qilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling