Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
Seul shahrida Farg‘onada Smart city loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

Seul shahrida Farg‘onada Smart city loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

Seul shahrida Farg‘onada Smart city loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni paytda viloyat rasmiylari va tadbirkorlaridan iborat viloyat delegatsiyasi Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi. Bugun O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasida viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov Koreyaning yetakchi kompaniyalari, oliy taʼlim muassasalari, hokimlik vakillari ishtirokida qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, “Soosung Engineering Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotda Farg‘ona shahridagi Ekoshaharda “Smart city” (aqlli shahar) loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar ko‘rib chiqildi. Mazkur kompaniya vakillarini Farg‘onaga kelishi va loyiha bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishildi.
 
Seoul National University of Science and Technology (Seoultech) masʼul xodimi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki hudud oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini jadallashtirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida tajriba almashish masalalari ham muhokama qilindi.

Kanso tumani (Seul) rasmiylari bilan muloqotda esa viloyatimiz hududlari o‘rtasida iqtisodiy-investitsiyaviy yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling