O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Serjio Gor va Kristofer Landau O‘zbekistonga tashrif buyurdi

UzDaily · 26.10.2025 · 23:25 · 1450 views
Serjio Gor va Kristofer Landau O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Serjio Gor va Kristofer Landau O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor hamda davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishdi.

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, Amerika delegatsiyasi vakillari poytaxtdagi bir qator tarixiy va madaniy obidalarni ziyorat etib, mamlakatning boy madaniy va tarixiy merosi bilan tanishdilar.

Safar doirasida Serjio Gor va Kristofer Landau O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan birgalikda Samarqand shahrida bo‘lib, qadimiy shaharning tarixiy yodgorliklarini ko‘zdan kechirdilar.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zbek-amerika munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar va O‘zbekistonning chuqur tarixiy hamda madaniy anʼanalari ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladilar.

UzDaily · 👁 1450 views · 26.10.2025 · 23:25