Sergelida avtobus yong‘ini sababi maʼlum qilindi

Sergelida avtobus yong‘ini sababi maʼlum qilindi

Sergelida avtobus yong‘ini sababi maʼlum qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati 6 aprel kuni kechqurun Toshkent shahar Sergeliy tumanida sodir bo‘lgan avtobus yong‘ini yuzasidan izoh berdi.

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, hodisa soat 18:45 da Yangi Sergeli ko‘chasida 2012 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz Low Floor rusumli, 143-yo‘nalishda xizmat ko‘rsatgan avtobus bilan yuz bergan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, harakatlanish vaqtida elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv yong‘inga sabab bo‘lgan.

Haydovchi yong‘inni mustaqil ravishda o‘chirishga harakat qilgan, biroq alanga tarqalishda davom etgan. Voqea joyiga yetib kelgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni tezkorlik bilan bartaraf etgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, ammo avtobus texnik shikastlangan.

Kompaniyada taʼkidlanishicha, ushbu holat yuzasidan texnik nazorat xizmati ishtirokida ichki tekshiruv o‘tkazilmoqda. Transport vositasi aniqlangan nosozliklar to‘liq bartaraf etilgandan keyingina ekspluatatsiyaga qo‘yiladi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling