Valyuta kurslari 30/10/2025
$1 – 11990.53
UZS – -0,12%
€1 – 13959.38
UZS – -0,24%
₽1 – 150.71
UZS – 0,33%
Qidirish
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich rafiqasi bilan birga 28 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

Poytaxt xalqaro aeroportida nufuzli mehmon va uning hamrohidagi delegatsiyani O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda boshqa rasmiy shaxslar tantanali tarzda kutib oldi.

Tashrif doirasida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda tomonlar O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini, siyosiy muloqotni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladilar.

Bundan tashqari, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.

Aleksandr Vuchichning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va o‘zaro hurmat hamda strategik sheriklik ruhida xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling