 
                            
                                Serbiya O‘zbek charm sanoati mahsulotlariga buyurtma berishga tayyor
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchichning mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan biznes forum va milliy mahsulotlar ko‘rgazmasida Serbiya yetakchisi O‘zbekiston charm sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishdi.
Ko‘rgazmada taqdim etilgan maxsus poyabzallar, zamonaviy dizayn va yuqori sifat darajasi Serbiya tomonida katta qiziqish uyg‘otdi. Serbiya prezidenti mahsulotlarning xalqaro talablar darajasida ishlab chiqilganini yuqori baholab, ularni eksport qilish bo‘yicha qiziqish bildirdi.
Serbiya Respublikasi ichki va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni kengaytirish yuzasidan tashabbus ilgari surildi. Ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va ishlab chiqarish hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.