Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
Serbiya delegatsiyasi raqamli infratuzilma va startap ekotizimini o'rganish uchun IT Park Uzbekistanga tashrif buyurdi

Serbiya delegatsiyasi raqamli infratuzilma va startap ekotizimini o'rganish uchun IT Park Uzbekistanga tashrif buyurdi

Serbiya delegatsiyasi raqamli infratuzilma va startap ekotizimini o'rganish uchun IT Park Uzbekistanga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Serbiya Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari va Iqtisodiyot vaziri Adriana Mesarovich boshchiligidagi delegatsiya IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi.

Dastlab, mehmonlar uchun IT Park faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida IT Park ekotizimi, mamlakatda IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, rezidentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, soliq va infratuzilmaviy imtiyozlar, shuningdek, eksportbop AT-xizmatlar hajmini oshirish borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari taqdim etildi.

Shundan so‘ng, delegatsiya UzSOC kiberxavfsizlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markaz tomonidan axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat organlari va strategik infratuzilmalarni kiberhujumlardan himoya qilish, tezkor chora ko‘rish tizimlari haqida ma’lumot taqdim etildi. Mehmonlarga real vaqt rejimida ishlaydigan monitoring platformalari, tahlil va bartaraf etish mexanizmlari namoyish qilindi.

Shuningdek, delegatsiya UZINFOCOM markazi faoliyati bilan ham tanishdi. U yerda davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash, elektron hukumat infratuzilmasi, ma’lumotlar markazi imkoniyatlari hamda raqamli platformalarni boshqarish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

Shundan so‘ng Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Serbiya Bosh vazir o‘rinbosari va Iqtisodiyot vaziri Adriana Mesarovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida raqamli transformatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi va iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini rivojlantirish, sun’iy intellekt hamda til modellarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Serbiya tomoni ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va superkompyuter quvvatlarini kengaytirish ishlari haqida ma’lumot berdi.

Tomonlar AKT sohasiga investitsiyalarni oshirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, innovatsion yechimlar va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashishga tayyor ekanini bildirdilar.

Muzokaralarda startap-ekotizimni rivojlantirish, innovatsion markazlar faoliyatini kengaytirish, biznes-forumlar tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling