Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
Senatorlar yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima tizimini isloh qilishni qo'llab-quvvatladilar

Senatorlar yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima tizimini isloh qilishni qo'llab-quvvatladilar

Senatorlar yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima tizimini isloh qilishni qo'llab-quvvatladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi  Qonun ko‘rib chiqildi.

Senatorlar tomonidan mamlakatimizda haydovchilar va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, yo‘l harakatining tashkil etilishini to‘liq raqamlashtirish uchun huquqiy asoslar yaratilganiga eʼtibor qaratildi.

Buning natijasida joriy yilning 8 oyi davomida respublikamizdagi umumiy yo‘l-transport hodisalari 2,4 foizga, tan jarohati bilan bog‘liq holatlar 1,5 foizga, o‘lim bilan bog‘liq holatlar 5,6 foizga, piyodalar ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni esa 1,6 foizga kamayishiga erishildi.

Shu bilan birga, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarimizda maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etishga nisbatan immunitetni shakllantirish, ularni qonunga itoatkor etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar kutilgan natijani bermayapti.

Ayrim xorijiy davlatlarda maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun jarima jazolaridan tashqari “og‘zaki ogohlantirish” va “ogohlantirish” jazosi borligi, bunda birinchi marta kam ahamiyatli maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni jarimaga tortish o‘rniga, sodir etgan qilmishining ijtimoiy oqibatlarini tushuntirgan holda ogohlantirish amaliyotda bunday qilmishlarni sodir etilishining oldini olishda yuqori natijalarga erishilayotganligi kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar doirasini belgilash, shuningdek, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda maʼmuriy jazo qo‘llanilishi muddatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.

Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy ogohlantirish jazosi qo‘llanilishini, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarning ro‘yxatini hamda bunday texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilishi muddatlari aniq belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Birinchidan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi yangi 171-modda bilan to‘ldirilib, foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan qoidabuzarliklarning turi aniq belgilanmoqda.

Ikkinchidan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 241-modda to‘ldirilib, maʼmuriy jazo sifatida maʼmuriy ogohlantirish chorasi kiritilmoqda.

Uchinchidan, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus texnika vositalari orqali qayd etilgan hollarda maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi avtomobillardan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishiga, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olishga, shuningdek, aholining davlat organlariga nisbatan ishonchini yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi senatorlar tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling