Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
Senati Raisi Jenevada XMTning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan katta koordinatori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Senati Raisi Jenevada XMTning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan katta koordinatori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Senati Raisi Jenevada XMTning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan katta koordinatori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasida ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistonga yangi tayinlangan katta koordinatori Yuriy Shterk bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mehnat munosabatlarini takomillashtirish, aholini munosib mehnat bilan taʼminlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuksak baholandi.

Yu. Shterk Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bu yo‘nalishda erishilgan yutuqlarni alohida eʼtirof etdi. Ayniqsa, Prezidentning Kasaba uyushmalari faollari bilan kuni kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvida belgilangan vazifalar XMT uchun ham dolzarb ekanini qayd etib, ularni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuvda munosib mehnat standartlarini tatbiq etish, qabul qilingan qonunlarning ijrosini taʼminlash va yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Munosib mehnat dasturi” loyihasining ishlab chiqilishi va uning Toshkentda XMT ekspertlari ishtirokida muhokama qilinishi mehnat huquqlari va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan muhim qadam sifatida eʼtirof etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling