Valyuta kurslari 12/02/2026
$1 – 12287.31
UZS – -0,18%
€1 – 14644.02
UZS – -0,15%
₽1 – 158.83
UZS – -0,51%
Qidirish
Senatda YXHTning maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda YXHTning maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda YXHTning maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva YXHTning odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili va koordinatori Keri Djonston boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida odam savdosining oldini olish, jabrlanganlarni himoya qilish va munosib mehnat tamoyillarini taʼminlash sohasida YXHT bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama hamkorlik amaliy natijalar berayotganiga alohida eʼtibor qaratildi. Odam savdosidan jabrlanganlarni aniqlash va himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani bildirildi.

Keri Djonston O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilayotgan tizimli islohotlar va qonunchilikni takomillashtirish choralarini ijobiy baholadi. U milliy mexanizmlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, jabrlanuvchilarga yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirish va profilaktika ishlarini kengaytirish muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Raqamli platformalar orqali sodir etilayotgan yollash va aldash holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbat davomida Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan odam savdosiga qarshi kurashishda texnologiyalardan foydalanishga bag‘ishlangan xalqaro treningning ahamiyati, unda ko‘tarilgan dolzarb masalalar va ilgari surilgan tashabbuslarni Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning kelgusi reja va dasturlariga joriy etish muhimligi qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling