Valyuta kurslari 03/12/2025
$1 – 11880.93
UZS – -0,12%
€1 – 13794.95
UZS – -0,23%
₽1 – 153.28
UZS – 0,2%
Qidirish
Senatda Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Yaponiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 2 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Yaponiyaning mamlakatimizga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Kendzi Xirata bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kun tartibidagi tadbirlar, parlamentlararo muloqot, iqtisodiyot, ilm-fan va oliy ta’lim sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, ikki tomonlama iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy aloqalar ko‘lamini kengaytirishda hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Yaponiya parlamentlari o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida tuzilgan hamkorlik guruhlari hamda Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasining o‘rni va ahamiyati alohida e’tirof etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling