Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
Senatda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  Joriy yilning 29-sentabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Xatori bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi anʼanaviy do‘stona munosabatlar hamda strategik sheriklik izchil va barqaror rivojlanayotgani alohida taʼkidlandi. Yaponiya Osiyo va Tinch okeani mintaqasida O‘zbekistonning muhim siyosiy, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.

Uchrashuvda iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish va parlament diplomatiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash zarurligi taʼkidlandi.

Xususan, parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini faollashtirish, o‘zaro tashriflar tashkil etish va qonunchilik sohasidagi tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, ishbilarmon doiralar va yirik kompaniyalar o‘rtasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni rivojlantirish maqsadida aniq dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda taʼlim, fan va madaniyat yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, inson kapitali rivojiga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish, shu jumladan, o‘zaro almashuv dasturlarini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling