Senatda Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Senatda Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 29-oktabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash, do‘stlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning samarali ijrosini taʼminlashda parlament nazoratini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Suhbat chog‘ida Serbiya Prezidenti A. Vuchich mamlakatimizda Davlat rahbarining oqilona siyosati asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi, shuningdek, O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi faol va tashabbuskor pozitsiyasi hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sib borayotganini tarixiy ahamiyatga ega voqelik sifatida eʼtirof etdi.
O‘zbekiston hamda Serbiya o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlandi.
Serbiya Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi ikki mamlakat munosabatlarida, shu jumladan parlamentlararo aloqarni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab bergani qayd etildi.