Valyuta kurslari 10/03/2026
$1 – 12191.25
UZS – 0,13%
€1 – 14111.37
UZS – -0,28%
₽1 – 154.20
UZS – -0,57%
Qidirish
Senatda Ozarbayjon Hisob palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Ozarbayjon Hisob palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Ozarbayjon Hisob palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi Vyugar Gulmamedov bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ikki davlat hisob palatalari o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. Qayd etilganidek, imzolangan hamkorlik memorandumi mazkur sohadagi aloqalarni yanada mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashishni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hisob palatalari tomonidan olib borilayotgan o‘rganish va tahlillar parlament faoliyati bilan uzviy bog‘liq ekani, nazorat-tahlil natijalari asosida taʼsirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish davlat dasturlarining samarali ijrosini taʼminlashda muhim o‘rin tutishi taʼkidlandi.

Shuningdek, tahlil natijalari asosida davlat va hududiy byudjetlarni shakllantirish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish, nazorat tizimlarini raqamlashtirish hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar kelgusida O‘zbekiston va Ozarbayjon parlamentlari hamda hisob palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashishni kengaytirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling