Valyuta kurslari 29/01/2026
$1 – 12168.98
UZS – 0,34%
€1 – 14588.17
UZS – 1,17%
₽1 – 159.89
UZS – 0,86%
Qidirish
Senatda Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi, O‘zbekiston velosport federatsiyasi raisi Tanzila Narbayeva Osiyo velosport konfederatsiyasining yangi saylangan prezidenti Dato Amarjit Singx bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston velosport federatsiyasi va Osiyo velosport konfederatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida mamlakatimizda velosport davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanayotgani, zamonaviy infratuzilma yaratilgani hamda sportchilarning xalqaro maydondagi natijalari izchil o‘sib borayotgani qayd etdi. Xususan, milliy va paravelosport terma jamoalarining Olimpiya o‘yinlari va jahon musobaqalaridagi ishtiroki mamlakat yuqori salohiyatini namoyon etayotgani taʼkidlandi.

Tomonlar Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzoladi. Bitim doirasida O‘zbekistonda mintaqaviy o‘quv-trening markazi tashkil etish, xalqaro musobaqalarni Konfederatsiya taqvimida kengaytirish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, ayollar va paravelosportni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni faollashtirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling