Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
O‘zbekiston 16/06/2025 Senatda Malayziya xalqaro tadbirkor ayollari uyushmasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Malayziya xalqaro tadbirkor ayollari uyushmasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova Malayziya xalqaro tadbirkor ayollari uyushmasi prezidenti Norazizah binti Borhan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar hamda xotin-qizlarning turli sohalardagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha asosiy masalalar muhokama etildi. Shuningdek, tomonlar ayollar tadbirkorligi sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlarini va istiqbolga mo‘ljallangan rejalarni ham ko‘rib chiqdi.

Senatorlar davlatimiz rahbarining qatʼiy siyosiy irodasi tufayli mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini taʼkidlab o‘tdi. Ushbu o‘zgarishlar davlatning siyosiy-huquqiy poydevorini mustahkamlashga, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga va bandligini taʼminlashga hamda ularga qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

O‘z navbatida, Malayziya xalqaro tadbirkor ayollari uyushmasi prezidenti, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va ayollarning tadbirkorlik faoliyatida ishtirokini kengaytirish va ularning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirishda O‘zbekistonning roli ortib borayotganini taʼkidladi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturlari va loyihalarini amalga oshirish uchun Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling