Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 24/02/2025 Senatda Koreya Eksport-import bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Koreya Eksport-import bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 24-fevral kuni Senat Raisi Tanzila Narbayeva Koreya Eksport-import bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kang Sanjin bilan uchrashdi.

 Uchrashuvda Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida mustahkam do‘stlik aloqalarining rivoj topayotganligi alohida taʼkidlandi.

Tomonlar ikki mamlakatning barcha yo‘nalishlardagi hamkorligi, ayniqsa taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi qo‘shma loyihalar ijobiy natijalar berayotgani yuzasidan fikr almashdi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan dasturni amalga oshirishda Koreya Eksport-import banki bilan hamkorlikni davom ettirish masalasi muhokama qilindi.

Bu borada tajriba almashish va yangi loyihalarni ishlab chiqishga eʼtibor qaratildi. Kang Sanchjin ushbu loyihalarga zarur ko‘mak ko‘rsatishga hamda O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling