Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
Senatda Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 29-sentabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Fransiyaning yaqinda o‘z vazifasini bajarishga kirishgan O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ualid Fuk bilan uchrashdi.

Senat Raisi diplomatni O‘zbekistondagi vazifasini boshlagani bilan tabrikladi hamda uning professional tajribasi ikki tomonlama munosabatlarni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Fransiya munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani taʼkidlandi. Bunga oliy darajadagi muntazam tashriflar, shuningdek, iqtisodiyot va investitsiyalardan tortib, taʼlim va madaniyatgacha bo‘lgan keng ko‘lamli sohalarni qamrab olgan imzolangan kelishuvlar xizmat qildi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik konstruktiv tarzda davom etayotgani, ikki tomonlama tashriflar va parlament aʼzolarining xalqaro forumlardagi ishtiroki hisobiga mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan tegishli qo‘mitalar va parlamentlararo “do‘stlik guruhlari” o‘rtasidagi muloqotni faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalarida ikki tomonlama hamkorlik loyihalari ijobiy xususiyat kasb etganini qayd etildi.  Madaniyat va madaniy merosni asrash, tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilishda hamkorlik loyihalarini va tajriba almashinuvni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, turizm sohasining turli yo‘nalishlarida talabalar uchun maxsus dasturlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling