Valyuta kurslari 10/03/2026
$1 – 12191.25
UZS – 0,13%
€1 – 14111.37
UZS – -0,28%
₽1 – 154.20
UZS – -0,57%
Qidirish
Senatda “Estoniya – O‘zbekiston” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi  aʼzolari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda “Estoniya – O‘zbekiston” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi  aʼzolari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda “Estoniya – O‘zbekiston” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi aʼzolari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 10-mart kuni “O‘zbekiston – Estoniya” va “Estoniya – O‘zbekiston” hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhlarining onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, ushbu hamkorlik mustahkam tarixiy asoslarga ega ekani hamda o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida taraqqiy etayotgani alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv chog‘ida parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, parlamentlararo guruhlar faoliyati samaradorligini oshirish, parlament nazorati mexanizmlarini takomillashtirish hamda bu borada o‘zaro tajriba almashish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, qonun ijodkorligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish va parlamentlararo muloqotni yangi mazmun bilan boyitish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar delegatsiyalar almashinuvi va muntazam muloqotlar orqali hamkorlikni yana-da faollashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling