Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
Senatda “BMT-ayollar” tuzilmasining O‘zbekistondagi mamlakat dasturiy menejeri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda “BMT-ayollar” tuzilmasining O‘zbekistondagi mamlakat dasturiy menejeri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 

Senatda “BMT-ayollar” tuzilmasining O‘zbekistondagi mamlakat dasturiy menejeri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva “BMT-ayollar” tuzilmasining O‘zbekistondagi mamlakat dasturiy menejeri Zelixa Unaldi bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida Senat Raisi Unaldi xonimni O‘zbekistonda ushbu lavozimda faoliyat boshlagani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning “BMT-ayollar” tuzilmasi bilan hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, mamlakatda gender tenglikni ilgari surish va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi.

 O‘zbekiston oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni huquqiy himoya qilish va gender tenglikni taʼminlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratayotgani taʼkidlandi.

Bu borada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2030-yilgacha mo‘ljallangan Gender tenglikka erishish milliy strategiyasini amalga oshirish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, har qanday kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslikka alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Uchrashuvda 2026-yilda O‘zbekiston raislik qilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotini rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi  yakuniga doir taklif va tashabbuslar asosida kelgusida dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling