Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Senatda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Senatda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi aʼzolari BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (YUNFPA) Toshkentdagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislari ham qatnashdi.

Tadbirda YUNFPA tomonidan tayyorlangan “Texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq gender zo‘ravonlik sohasidagi qonunchilikning sharhi” nomli tahliliy hujjat muhokama qilindi.

Mazkur hujjat raqamli muhitda ayollar va qizlarning xavfsizligini taʼminlash, onlayn zo‘ravonlik holatlariga qarshi samarali huquqiy choralar ko‘rish hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.

Uchrashuvda mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarni har qanday zo‘ravonlik, jumladan, raqamli tazyiq va tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qonunchilik islohotlari, yangiliklar va amaliy tashabbuslar atroflicha muhokama etildi.

Ushbu hujjatni tayyorlashda texnologiyalar vositasida amalga oshiriladigan genderga asoslangan zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro amaliyot va xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan bo‘lib, u kelgusida milliy qonunchilikni takomillashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ishtirokchilar tomonidan taʼkidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar qo‘shma taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling