Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Senat yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jazolarni kuchaytiruvchi qonunni ma'qulladi

Senat yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jazolarni kuchaytiruvchi qonunni ma'qulladi

Senat yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jazolarni kuchaytiruvchi qonunni ma'qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yong‘inlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat nazoratini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli choralar ko‘rilmoqda. Bunda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ishonchli himoya qilish ga alohida eʼtibor berilib, bu borada yaxlit yong‘in xavfsizligi tizimini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bilan bir qatorda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish zarurati ham mavjud.

Ushbu Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirilishini hamda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunga davlat yong‘in nazorati organlarining vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda.

Xususan, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi to‘ldirilmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sog‘lig‘iga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo bo‘lishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turish vakolati berilmoqda.

Senatorlarning fikricha, mazkur Qonun yong‘inlarning oldini olishga, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun huquqiy taʼsir choralari yana-da samarali qo‘llanilishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling