Valyuta kurslari 11/02/2026
$1 – 12309.99
UZS – -0,08%
€1 – 14666.12
UZS – 0,35%
₽1 – 159.64
UZS – 0,18%
Qidirish
Senat Raisi Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi

Senat Raisi Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi

Senat Raisi Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ismatullo Nasridin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda keyingi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganini, siyosiy muloqot faollashgani, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalar izchil kengayib borayotganini qayd etildi.

Suhbat davomida parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish va xalqaro parlament maydonida muloqotni davom ettirish muhim ekanini taʼkidlandi.

Bu borada hududlararo munosabatlarni yanada faollashtirish va parlamentlar yuqori palatalarining hamkorligi bo‘yicha komissiyalarning amaliy dasturlarida ham mahalliy Kengashlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozimligi qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling