Senat Raisi Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi
Senat Raisi Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 22-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot faollashgani, oliy va yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar muntazam tus olgani qayd etildi. O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy sammitlar doirasidagi uchrashuvlar strategik sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilgani taʼkidlandi.
Suhbat davomida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ikki mamlakat parlamentlarida tashkil etilgan do‘stlik guruhlari faoliyatini yana-da faollashtirish, tajriba almashish va o‘zaro tashriflarni kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasida erishilgan amaliy natijalarga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, investitsiya loyihalari portfelining sezilarli darajada kengaygani, energetika sohasida, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlik, sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma tadbirlari, shuningdek, haj va umra ziyoratlarini tashkil etishda yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlayotgani taʼkidlandi.
Xususan, O‘zbeksitonda bunyod etilgan Islom sivilizatsiya markazining O‘zbeksiitondagi islom madaniy merosini o‘rganish muhim ahamiyati alohida qayd etildi. Kelgusida mazkur Markaz bilan ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro anjumanlarni o‘kazishda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar barcha yo‘nalishlarda, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash yo‘lida bundan buyon ham saʼy-harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.