Valyuta kurslari 20/10/2025
$1 – 12108.24
UZS – -0,43%
€1 – 14169.06
UZS – -0,07%
₽1 – 149.10
UZS – -3,13%
Qidirish
Senat Raisi  Jenevada Parlament ayol aʼzolari forumida ishtirok etdi

Senat Raisi  Jenevada Parlament ayol aʼzolari forumida ishtirok etdi

Senat Raisi Jenevada Parlament ayol aʼzolari forumida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasi doirasida o‘tkazilgan Parlament ayol aʼzolari forumida ishtirok etdi.

Forum “Birdamlik va ilhom: ayollarni o‘z yo‘lida qo‘llab-quvvatlash” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan global ahamiyatga doir masalalar muhokama qilindi.

T. Narbayeva o‘z chiqishida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Shuningdek, forum ishtirokchilari Toshkent shahrida joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi yuksak darajada tashkil etilganini alohida qayd etib, mazkur anjuman doirasida o‘tkazilgan Parlament ayol aʼzolari forumining o‘ziga xos o‘rni va qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining tarixiy ahamiyatini eʼtirof etdi.

Har bir ayolning ovozi, orzusi va global hamjamiyatning birdamlik ruhi haqida fikr yuritildi. Taʼkidlanganidek, O‘zbekiston xotin-qizlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan kompleks yondashuvni ilgari surmoqda. Bu yo‘nalishda parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish, bilim va yetakchilik imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, inqiroz sharoitida qolgan ayollarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tashabbuslar bildirildi.

So‘zga chiqqanlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash – bu faqat milliy manfaat emas, balki insoniyatning umumiy taraqqiyoti va tinchlikka erishish yo‘lidagi strategik vazifa ekanini qayd etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling