Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
Senat Raisi BMT Bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

Senat Raisi BMT Bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Senat Raisi BMT Bosh kotibining maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 16-sentabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston bilan BMT va uning tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash borasidagi hamjihat saʼy-harakatlar muhokama qilindi.

BMTning Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi bilan o‘zaro hamkorlikning rivojlanayotgani alohida qayd etildi. Transchegaraviy resurslardan oqilona foydalanish, ayollar va yoshlarning tinchlik jarayonlaridagi faol ishtiroki kabi yo‘nalishlar doirasidagi loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda 2025-yil oktabr oyida Farg‘ona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan birinchi Farg‘ona tinchlik forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga eʼtibor karatildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 7-Maslahat uchrashuvi doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yosh parlament aʼzolarining 12-global konferensiyasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda gender tenglikni taʼminlash, “BMT-ayollar” tashkilotining vakolatxonasini ochish, ayollar huquqlarini mustahkamlash va yoshlar salohiyatini yuksaltirish borasidagi tashabbuslar haqida ham fikr yuritildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling