Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Senat Raisi “BMT-ayollar” tuzilmasining mintaqaviy direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Senat Raisi “BMT-ayollar” tuzilmasining mintaqaviy direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Senat Raisi “BMT-ayollar” tuzilmasining mintaqaviy direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva “BMT-ayollar” tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha  mintaqaviy direktori Belen Sans Luke bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning “BMT-ayollar” tuzilmasi bilan hamkorligi, shuningdek, O‘zbekistonda gender tenglikni taʼminlash hamda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Barcha sohalarda gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshrilishi zarur bo‘lgan tizimli ishlar muhokama qilindi. Jumladan sud-huquq sohasida ham ayollar faolligini oshirish, gender tenglikni taʼminlashda faol bo‘lgan tashkilot va idoralarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr alamashildi.

Uchrashuv chog‘ida sheriklikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni kengaytirishda muhim qadam bo‘lgan Toshkent shahrida “BMT-ayollar” tuzilmasi ofisining ochilishiga yuqori baho berildi.

BMT Xotin-qizlar maqomi bo‘yicha komissiyasining 70-sessiyasida ishtirok etish, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va gender tenglikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga sodiqligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling