Senat O‘zbekiston Oliy sudining yangi sudyalarini tasdiqladi
Senat O‘zbekiston Oliy sudining yangi sudyalarini tasdiqladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 14-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Akram Shukurov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – sudlov hayʼati raisi etib saylandi.
Shuningdek, Baxodir Abdullayev, Sobirjon Ergashev, Begzod Xaydarov, Nozimjon Jurayev o‘n yillik muddatga hamda Akmal Murodov va Odil Normahmatov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Dilshod Rajabov, Kamoliddin Tollibayev, Anvar Elmurodov, Elbekjon Turgunboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.