Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
Senat ommaviy va professional sportni rivojlantirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi yangi qonunni ma'qulladi

Senat ommaviy va professional sportni rivojlantirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi yangi qonunni ma'qulladi

Senat ommaviy va professional sportni rivojlantirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi yangi qonunni ma'qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senat yalpi majlisida yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, ushbu Qonun bilan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi aniq belgilab berilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport subyektlari qatoriga Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi kiritilmoqda hamda ularning qo‘shimcha vakolatlari belgilanmoqda.

Qonunda paralimpiya, surdlimpiya, maxsus olimpiya va ko‘zi ojizlar sporti harakatlariga doir normalar, sport federatsiyalari, klublari va ligalarining huquqiy maqomi hamda faoliyat yuritish tartibi, ularni reyestrga kiritish va chiqarish mezonlari mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, Qonunda murabbiy, sport hakami va sport agentining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari ham belgilanmoqda.

Bundan tashqari, sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish tartibi, sport musobaqalari natijalariga qonunga xilof ravishda taʼsir ko‘rsatishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi yangi normalar kiritilmoqda.

Qonunda aholini ommaviy sportga jalb qilish va ommaviy sport tadbirlarini tizimli o‘tkazib borishga eʼtibor qaratilgan.

Qonunda davlat tomonidan sportchi hamda murabbiyga bir martalik va oylik to‘lov shaklidagi qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishi mumkinligi mustahkamlanmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun sohani yana-da rivojlantirishga, jismoniy tarbiya va sportga oid munosabatlarni tizimli tashkil etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu Qonun bilan amaliyotda mavjud noaniqliklar va huquqiy bo‘shliqlar bartaraf etiladi, unda vazirlik va idoralarning hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining sohaga oid vazifalari aniq belgilab qo‘yilgan.  

Senatorlar mazkur Qonunni maʼqulladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling