Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Senat Oʻzbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

Senat Oʻzbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

Senat Oʻzbekistonda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 12-yalpi majlisida “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda butun dunyoda aholi va sanoatda elektr energiyasiga bo‘lgan talab  tobora ortib bormoqda. Ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonda iqtisodiy taraqqiyot, aholi soni va turmush farovonligining o‘sishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 2030-yilga kelib 120-125 milliard kVT/soatga yetadi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga va yangilarini tashkil etish bo‘yicha olib borayotgan faol investitsiya siyosati, shuningdek, aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yildan-yilga ehtiyoj ortib borayotgan energiya resurslarini ishonchli manbalar bilan taʼminlashni talab qilmoqda.

Atom energetikasini rivojlantirish O‘zbekistonning barqaror energetika tizimini yaratish, sanoatni rivojlantirish va mintaqaviy taraqqiyot uchun muhim omildir. Katta va kichik reaktor bloklarining uyg‘un faoliyati tarmoq barqarorligini taʼminlab, qayta tiklanuvchi manbalarni samarali integratsiyalash imkonini beradi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi qayta tashkil etilib, kengaytirilgan ustuvor yo‘nalishlar, vazifa hamda funksiyalarga ega bo‘lgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiritilgan Atom energiyasi agentligining faoliyati samarali tashkil etildi.

Mazkur Qonun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida samarali va xavfsiz foydalanish, davlat organlari vakolatlarini aniqlashtirish, sohadagi huquqiy bazani xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Qonunda atom energiyasi sohasidagi vakolatli organi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi belgilab qo‘yilmoqda. Davlat organlarining vakolatlari va javobgarligi ham mustahkamlanmoqda.

Senatorlarning fikricha, Qonunning qabul qilinishi atom energiyasi sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga, mamlakatimizda yadro xavfsizligi va radiatsiya muhofazasini taʼminlashga hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mamlakatimizning yadro xavfsizligi bo‘yicha nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling