Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Senat Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va davlat xaridlari to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Senat Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va davlat xaridlari to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Senat Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va davlat xaridlari to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda davlat organlarining masʼuliyatini oshirish, ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish, davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini taʼminlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlab o‘tildi.

Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati yuzaga kelayotganligiga alohida urg‘u berildi. Bunda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyatini oshirish, intellektual mulk obyektlarining hamda ularning tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarining muhofazasini kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Jumladan, oxirgi uch yilda O‘zbekistonda tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga bo‘lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda. Xususan, 2023-yilda 3 155 ta guvohnoma berilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich joriy yilning o‘tgan davrida 4 484 taga yetgan.

Shularni inobatga olib, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunga  kiritilayotgan qo‘shimchaga asosan tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi huquq egasi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda, huquq egasi bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etib, uning vasiyatnoma yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlari mavjud bo‘lmaganda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan sud qarori asosida muddatidan oldin tugatilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda kompleks ekspertizadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazmagan mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik ham belgilanmoqda.

Senatorlar o‘z chiqishlarida qonunchilikka kiritilayotgan yangi normalar intellektual faoliyat natijalarini samarali himoya qilishga xizmat qilishini taʼkidladi. Shuningdek, ular huquqni qo‘llash amaliyotida turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga kelishining oldini olishga xamda davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida shaffoflikni taʼminlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligi qayd etildi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling