Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Senat davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Senat davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Senat davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 13-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, Yangi O‘zbekistonda davlat boshqaruvida ochiqlik, shaffoflik va javobgarlikni taʼminlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida izchil va tizimli islohotlar amalga oshirilib, mazkur Qonun ana shu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ahamiyat kasb etadi.

Qonunda hukumat aʼzoligiga taqdim etilgan shaxslar va hokim lavozimiga nomzodlar endi o‘z faoliyat dasturlari bilan bir qatorda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha shaxsiy rejalarini ham taqdim etishi shart etib belgilanmoqda. Bu esa rahbar kadrlarning masʼuliyatini oshirishga va halollik tamoyillariga sodiqligini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar doirasida daʼvolarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish imkoniyatlarining kengaytirilishi fuqarolar va tadbirkorlar uchun sudga murojaat qilish jarayonini yana-da yengillashtiradi.

Qonunda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan normalar ham alohida o‘rin egallaydi. Xususan, maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining sudga davlat boji to‘lamasdan murojaat qilish huquqi belgilanishi davlat manfaatlarini samarali himoya qilishda muhim qadam sifatida baholandi.

Muhokamalar davomida Qonunni ishlab chiqish jarayonida bir qator xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgani, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha alohida reja taqdim etish talabi xalqaro amaliyotga to‘liq mos kelishi taʼkidlab o‘tildi.

Senatorlar ushbu Qonunning qabul qilinishi xalqning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi bosqichni boshlashga, sud tizimi samaradorligini oshirishga hamda investorlar uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishini qayd etdilar.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling