Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Senat bolalarni zo'ravonlik va onlayn jinoyatlardan himoya qilishni kuchaytirish to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Senat bolalarni zo'ravonlik va onlayn jinoyatlardan himoya qilishni kuchaytirish to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Senat bolalarni zo'ravonlik va onlayn jinoyatlardan himoya qilishni kuchaytirish to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 12-yalpi majlisida “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishning institutsiyaviy hamda huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini yana-da kuchaytirish, ularni jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish, jinoyat protsessida guvoh sifatida jalb etishning aniq mexanizmlarini belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.

Ushbu Qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bolalarga nisbatan Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligini hamda ularni so‘roq qilish jarayonida qonuniy vakillarning ishtirok etishi tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun jinoyatlarning oldini olishga, sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini taʼminlashga, shuningdek, bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling