Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Senat atrof-muhit va tabiiy resurslarni muhofaza qilishni kuchaytirish to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Senat atrof-muhit va tabiiy resurslarni muhofaza qilishni kuchaytirish to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Senat atrof-muhit va tabiiy resurslarni muhofaza qilishni kuchaytirish to'g'risidagi qonunni ma'qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 12-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, ayrim turdagi atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi hamda kelib chiqadigan oqibat miqdoriga nisbatan nomutanosibligi uchun ushbu turdagi huquqbuzarliklar soni ortib bormoqda.

Qonun bilan qator qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Jumladan, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda atrof-muhitga taʼsir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar ifloslantiruvchi manbalarda o‘rnatiladigan avtomatik monitoring stansiyalari maʼlumotlarini Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga real vaqt rejimida kiritishi majburiyligi qayd etilmoqda.

Shuningdek, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunda fuqarolar belgilanmagan joyga tashlagan chiqindisini olib chiqib ketishi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplab berishi shartligi nazarda tutilmoqda.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tish uchun ruxsatnoma berish tartibini joriy etish bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini buzganlik, ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirganlik, nobud qilganlik uchun jinoiy jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, aholi punktlaridagi irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlik, ko‘p kvartirali uyga tutash tuproqli va yashil qoplamali yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan betonlashtirish kabi qoidabuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonunning qabul qilinishi atrof muhit muhofazasini taʼminlash va aholi uchun qulay ekologik muhit yaratishga, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda davlat ekologik nazoratini samarali tashkil etishga, biologik xilma-xillikni asrashga, tabiiy resurslarning kafolatlangan himoyalanishiga xizmat qiladi.

Senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling