Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
SEMURG INSURANCE ustav kapitali talablariga rioya qilmagani uchun majburiy sug‘urta faoliyati huquqidan mahrum qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “SEMURG INSURANCE” AJning majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha faoliyat yuritish litsenziyasini bekor qildi.
Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, kompaniya 2025 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan umumiy sug‘urta sohasidagi majburiy sug‘urta faoliyati uchun talab etiladigan 50 milliard so‘m miqdoridagi ustav kapitali bo‘yicha shartni bajarmagan.
Endilikda “SEMURG INSURANCE” litsenziyasi qayta ko‘rib chiqildi va kompaniyaga faqat umumiy sug‘urta sohasida ixtiyoriy sug‘urta turlari bilan shug‘ullanish huquqi qoldirildi.